Qozog‘iston Savdo uyi
Faxr bilan ma’lum qilamizki, bizning "Uzkimiyoimpeks" tashkilotimiz Qozog‘istonda o‘z savdo uyini ochdi.
⠀
" TD Uzkimeimpeks-Kazakhstan" kompaniyasi 2020-yil 10-noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan.
"O‘zkimyoimpeks-Qozog‘iston" TD maydonchasida "O‘zkimyosanoat" AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy mahsulotlarning keng assortimenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa tarmoqlari ehtiyojlari uchun mahsulotlar eksporti va importi amalga oshiriladi.
⠀
Shuningdek, savdo uyi maydoni mahalliy ishlab chiqaruvchilarning turli ko‘rgazma va yarmarkalarini o‘tkazish uchun "shou-rum" vazifasini bajaradi.
⠀
"O‘zkimyoimpeks-Qozog‘iston" TD manzili:
Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota shahri, Al-Farobiy shoh ko‘chasi, 17-uy, 902-xona
Tel: +7 (700) 147 90 90.
e-mail: uzchem@inbox.ru