Hurmatli hamkorlar
«Uzkimyoimpeks» MChJ tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi kimyo sanoatining eksport salohiyatini oshirish, “Oʼzkimyosanoat” АJ korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish boʼyicha tizimli ravishda keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Xalqaro koʼrgazmalar, forumlar, hukumatlararo kelishuvlar, shu jumladan, 2022 yil mart oyida Toshkent shahrida boʼlib oʼtgan Toshkent xalqaro investitsion forumi doirasida hamkorlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri olib borilgan muzokaralar natijasida “Oʼzkimyosanoat” АJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan umumiy hajmi 1,1 mln. tonna mahsulotlarni 33 ta davlatga yetkazib berish boʼyicha strategik ahamiyatga ega boʼlgan istiqbolli shartnomalar imzolandi. Ushbu shartnomalar doirasida karbamid, ammiakli selitra, ammoniy sulfati, kaliy xloridi, natriy xlorati, ammofos, polivnilxlorid (PVX), kaustik soda va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish koʼzda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan mahsulotlarni yetkazib berish boʼyicha rejalashtirilgan barcha hajmlar boʼyicha shartnomalar toʼliq tuzilganligi bois 2022 yil uchun ushbu mahsulotlarni yetkazib berish boʼyicha arizalar qabul qilinishi toʼxtatilganligini maʼlum qilamiz.
Аgar 2023 yil uchun yangi shartnomalarni imzolash istagida boʼlsangiz, arizalarni 2023 yil yanvar oyidan yuborishingizni iltimos qilamiz.
Taʼkidlash joizki, oxirgi vaqtda kompaniyamizga aloqador boʼlmagan shaxslar tomonidan “kvota”, “qoʼshimcha hajmlar” ajratib berish taklifi bilan isteʼmolchilarga murojaat qilish holatlari koʼplab uchramoqda. Ushbu holat haqiqatdan yiroq boʼlib, qonun doirasida chora koʼriladigan firibgarlik harakati hisoblanadi. Аgarda shunday holatlarga duch kelsangiz, kompaniyamiz komplaens xizmatining anticorruption@ukie.uz.
. elektron manziliga xabar berishingizni soʼraymiz. Oʼz vaqtida berilgan xabar uchun kompaniyamiz Sizga oʼz minnatdorchiligini bildiradi.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqib, vaziyatni toʼgʼri tushunishingizga umib qilamiz va kelgusi ishlaringizga muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz.