BUXORODA BIRINCHI "BUKHARA NIGHT RACE" XALQARO TURNIRI OʻTKAZILDI

Shu yilning 17-sentabr kuni Buxoro shahrida "Samarkand Marathon" xayriya poygalari turkumiga mansub birinchi "Bukhara night race" xalqaro turniri oʻtkazildi.

Poygada “Oʻzkimyoimpeks” kompaniyasi nomidan Artyom Galstyan ham faol ishtirok etdi.

Musobaqa Buxoroning tarixiy joylaridan oʻtgan turli masofalarni oʻz ichiga oldi. Taqdirlash marosimida esa Ark qalʻasida, Italiyalik DJ Lexar musiqiy chiqishlari bilan barchaga aʻlo kayfiyat ulashdi.

Bu yil xayriya jamgʻarmasi muzeylarni koʻrish qobiliyati past va koʻzi ojiz mehmonlar uchun moslashtirish maqsadida mablagʻ toʻpladi. Ushbu mablagʻlar audiogidlar, taktil rasmlar va maxsus jihozlar sotib olishga sarflanadi.

Shuningdek, Buxoro, Zomin, Boʻstonliq tumani va Samarqandda oʻtkazilayotgan poygalar ham “Samarqand Marafoni-2022” maqsadlarini qoʻllab-quvvatlab, muzeylarni imkoniyati cheklangan insonlar uchun moslashtirish gʻoyasiga eʻtibor qaratmoqda. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech