Yangi strategik hamkorlik shartnomasi
18-20 sentabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan “Argus mineral oʻgʻitlari – 2024. Kaspiy dengizi, Qora dengiz va Sharqiy Yevropa mintaqasi bozorlari” xalqaro konferensiyasi doirasida “Oʻzkimyoimpeks” MChJ va Amanat Group" DMCC kompaniyasi oʻrtasida strategik sheriklik shartnomasi imzolandi. Erishilgan kelishuvdan ko‘zlangan maqsad 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan Yevropa qit’asi mamlakatlariga mineral o‘g‘itlar eksportini oshirishdan iborat.