2020-yilning 24-avgust kuni D. I. Mendeleyev nomidagi RKTUning Toshkent filialiga 2020/21-o'quv yili uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tdi.

Imtihon O'zbekiston Milliy Universiteti maydonida bo'lib o'tdi.

"O'zkimyosanoat" AJ va "Uzkimyoimpeks" MCHJ xodimlari mazkur tadbirni tashkil etish va o'tkazishda faol yordam ko'rsatdilar.

Imtihon gigiyena me'yorlari va ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ochiq havoda o'tkazildi. Kampusga kirishdan oldin har bir Abiturient tana harorati tekshirildi. Shuningdek, barcha abiturientlar bir martalik tibbiy niqoblar, qo'lqoplar, kepkalar, ruchkalar, suv va bir martalik stakanlar bilan ta'minlandi.

Qolgan ikki fan bo'yicha (kimyo va rus tili) imtihonlar 26 va 28-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Imtihon kunlaridan birida yomg'irli ob-havo sharoitida imtihon 29-avgustga ko'chiriladi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech